Pichoq bilan qurollangan noma’lum kimsa Kataloniyadagi saylov uchastkalaridan biriga bostirib kirib, ikki kishini yaraladi. Bu haqda La Vanguardia gazetasi muxtoriyat huquq-tartibot organlariga tayanib xabar berdi, deb yozadi “Kommersant”.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan 17:00 da Barselona provinsiyasiga kiruvchi Santa-Margarida-de-Monbuy munitsipalitetida yuz bergan. Noma’lum erkak baqir-chaqirlar bilan maktabga kirib kelgan, uni qo‘lga olgunlaricha ikki kishini yaralashga ulgurgan.
Eslatib o‘tamiz, Kataloniya hukumatining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 1-oktabr — hudud mustaqilligi haqidagi referendum o‘tkazilgan kunda — politsiya bilan to‘qnashuvlar natijasida 844 kishi jabrlandi.
Izoh (0)