1-oktabr kuni, rasmiy Madridning qarshiligiga qaramay, Kataloniyada mustaqillik yuzasidan referendum bo‘lib o‘tdi. Muxtoriyat hukumat referendumda mustaqillik tarafdorlari g‘alaba qozonganini ma’lum qildi. Ularning ma’lumotlariga qaraganda, ovoz berganlarning 90 foizi Ispaniya tarkibidan ajralib chiqishni yoqlab ovoz berdi. Shu bilan birga, saylovchilar davomati 42 foizni tashkil etdi. Mustaqillikka qarshi fuqarolar referendumga boykot e’lon qilgani bunga sabab bo‘ldi. Meduza ushbu tarixiy voqea yakunlariga qisqacha to‘xtalib o‘tdi.
2014-yilda ham Kataloniyaning mustaqilligi yuzasidan so‘rovnoma o‘tkazilgan edi. Rasmiy Madrid o‘shanda ham qarshi bo‘lgan, lekin, bu safargidan farqli ravishda, kuch ishlatmagan edi. Ammo o‘shanda ijtimoiy so‘rovlar aholining 47 foizi mustaqillik tarafdori bo‘lganini ko‘rsatgan edi.
Ovoz berish mustaqilk va xalqaro kuzatuvchilarsiz o‘tdi. Bu boradagi qoidalar saylov uchastkalari ochilishidan bir soat oldin o‘zgartirildi. Kataloniya rahbariyati fuqarolarga xohlagan uchastkaga kelishga ruxsat berdi. Qaytadan ovoz berilishidan himoya qilish uchun elektron ro‘yxatlar ishlatilishi lozim edi, ammo ma’lumotlar bazasi joylashgan server o‘chirib qo‘yildi. Ovoz berishda har qanday byulletenlardan foydalanish mumkin edi, hatto uydagi printerda chiqarib kelishga ham ruxsat berildi.
📊 Resultats del Referèndum de #1OCT + 770.000 censats a col·legis clausurats pic.twitter.com/zCBEdsuKZp
— Govern de Catalunya (@govern) October 1, 2017
Kataloniya prezidenti Karles Puchdemon Ispaniyadan ajralib chiqish borasidagi rasmiy jarayon shu kunlarda boshlanishi ma’lum qildi.
“Kataloniya fuqarolari bizga mustaqil davlatni e’lon qilish huquqini berdi”, — dedi u ovoz berish yakunlari ma’lum qilinganidan so‘ng.
Ispaniya bosh vaziri Mariano Raxoy, o‘z navbatida, bu referendum emas, postanovka bo‘lganini iddao etmoqda. U parlamentni to‘plab, Kataloniya hukumati va 1-oktabr kuni markazga bo‘ysunmagan mahalliy politsiyaning xatti-harakatlarini muhokama qilmoqchiligini ta’kidladi.
Referendumning ertasiga Ispaniya birjalari IBEX 35 indeksining 1,3 foizga tushishi bilan ochildi.
Politsiya bilan to‘qnashuvlar oqibatida 844 kishiga tibbiy yordam ko‘rsatildi. El Pais nashri manbalariga ko‘ra, ko‘pchilik asosan yengil jarohat olgan. Ikki kishi jiddiy jarohat oldi: namoyishchilardan birining ko‘ziga rezina o‘q tegdi, yana birida yurak xuruji kuzatildi. To‘qnashuvlarda, shuningdek, milliy politsiya va fuqarolik gvardiyasining 33 xodimi yaralandi.
Yevroittifoq hozircha tan olinmagan referendumga munosabat bildirmadi. 1-oktabr kuni Belgiya va Sloveniya bosh vazirlari Madrid tomonidan kuch qo‘llanilishini qoralab chiqdi. Ularga Shotlandiya rahbari Nikola Styorjen qo‘shildi.
“Endi kim diktator?” — dedi Venesuela prezident Nikolas Maduro o‘zining yakshanbalik shousida, Madridning harakatlariga izoh berarkan.
Izoh (0)