IShID terrorchi guruhi o‘z nazorati ostidagi Amaq axborot agentligi orqali Dayr az-Zavr shahrida rossiyalik harbiy xizmatchi o‘ldirilganini, yana ikki nafari asirga olinganini ma’lum qildi. Terrorchilar xatti-harakatlarini kuzatuvchi SITE Intelligence Group tashkiloti buni bildirdi, deb xabar beradi Meduza.
O‘z navbatida, Rossiyaning “Xmeymim” aviabazasi vakili terrorchilar tarqatgan axborotni tasdiqlamadi.
“Dayr az-Zavr viloyatida yoki Suriyaning boshqa hududlarida Rossiya qurolli kuchlari yo‘qotishlari yoki asirga tushishi bilan bog‘liq biror voqea qayd qilingani yo‘q”, — dedi u “Interfaks” agentligi bilan suhbatda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)