Iroq parlamenti mamlakatning kurd hududida o‘tkazilgan referendum tashkilotchilari sud tartibida ta’qib qilinishini belgilaydigan me’yorni ma’qulladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sudga shikoyat kiritilishi mumkin bo‘lgan shaxslar orasida Iroq Kurdistoni prezidenti Mas’ud Barzoniy bor.
Eslatib o‘tamiz, Iroqning asosan kurdlar istiqomat qiladigan hududlarida 25-sentabr kuni o‘tkazilgan referendumda aholining 95 foizi Iroqdan ajralib chiqish qarorini yoqlab ovoz berdi. Iroq, Eron, Turkiya, AQSh va Yevroittifoq ushbu referendumning qonunga zid deb hisoblamoqda.
Izoh (0)