Iroq armiyasi IShID jangarilarining hujumi muvaffaqiyatli qaytardi, shuningdek, kamida 10 ta terrorchini yo‘q qildi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Jangarilar guruhi 27-sentabr, chorshanba kuni ertalab portlovchi moddalar o‘rnatilgan ikkita avtomobilni ko‘prikda portlatib, shuningdek, bir nechta postlarga hujum qilgan holda Xabbaniya va Razaza shaharlari o‘rtasidagi chorrahada joylashgan bir nechta nazorat-o‘tkazish punktlariga yaqinlashishga harakat qildi. Bizning kuchlarimiz hujumni qaytardi.Iroqning Anbar viloyati xavfsizlik qo‘mitasi rahbari Naim al-Kaudning ma’lum qilishicha, Iroq qo‘shinlari operatsiya vaqtida IShIDning 10 dan ortiq jangarisini yo‘q qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, terrorchilar guruhi Bag‘dod g‘arbidagi Ramadi shahridan yetti kilometr nariga chekingan, kurash davom etmoqda.Iroq armiyasining qo‘shma qo‘mondonligi
AQSh boshchiligidagi koalitsiya 21-sentabr kuni uzoq muddatli tanaffusdan so‘ng birinchi bor IShIDning Bag‘doddagi jangarilariga zarba bergan edi. Koalitsiya zarbalar aynan qayerga berilganini, shuningdek, IShID otryadlari tarkibida qancha jangari bo‘lganligini ma’lum qilmadi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)