• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Iroq Kurdistoni aholisi mustaqillik uchun ovoz berdi. Bag‘dod bunga javoban harbiy operatsiya bilan tahdid qilmoqda

    Iroq Kurdistonida mustaqillik masalasidagi referendum bo‘lib o‘tdi. Ro‘yxatga olingan saylovchilarning 72 foizi qatnashgan plebistsitda, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 91 foiz saylovchi Bag‘doddan mustaqil bo‘lish uchun ovoz bergan. Referendum nafaqat kurd muxtoriyatida, balki kurdlar o‘ziniki deb hisoblaydigan va IShIDga qarshi kurash davomida egallashga muvaffaq bo‘lgan bahsli hududlarda ham bo‘lib o‘tdi. Muhim jihati, kurdlar mazkur hududlar ustidan nazorat o‘rnatish orqali Iroq neft zaxirasining taxminan uchdan birini o‘z qo‘lida jamladi. Bag‘dod referendum natijalarini tan olgani yo‘q. Meduza nashri esa Iroqdagi kurdlarning mustaqillik masalasidagi referendumi ahamiyati haqida fikr yuritdi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Iroq kurdlari mustaqillikni amalda 1991-yilda qo‘lga kiritgan. Birinchi jahon urushi yakunlariga ko‘ra, tarixan kurdlar istiqomat qilib kelgan hududlar Turkiya, Iroq va Suriya o‘rtasida bo‘lib olingan. Iroqda kurd muxtor tumani 1970-yilga kelib paydo bo‘lgan. Uning tarkibiga uchta viloyat – Iroq Kurdistoni tarixiy hududlarining taxminan yarmi kirgan. Kirkuk – Iroqning neftga eng boy viloyatlaridan biri – muxtoriyatdan tashqarida qolgan. Shunga qaramay, kurdlar nazorati ostidagi hududlarda ham ancha katta neft zaxiralari mavjud edi.

    1970-yillar oxiri – 1980-yillar boshida Saddam Husayn kurdlar yashaydigan tumanlarda arablashtirish siyosatini olib bordi. Xususan, kurdlarga qarshi kimyoviy qurol qo‘llanildi, yuz minglab odamlar qatl etildi. 1991-yili BMT Xavfsizli kengashi Iroq shimolidagi kurd tumanlarini xavfsizlik zonasi deb e’lon qilib, amalda ularni Bag‘dod ta’siridan ozod qildi. Saddam Husayn tuzumi ag‘darilgach, Iroq Kurdistoni de-yure Bag‘dod nazoratiga qaytdi: to‘la mustaqillik e’lon qilish uchun kurdlarga siyosiy va moliyaviy vositalar yetishmadi. Bundan tashqari, ular nafaqat o‘zidagi uch viloyatni, balki Iroq nazorati ostida bo‘lgan, biroq kurdlarniki deb hisoblanadigan viloyatlarni ham o‘zi ixtiyoriga o‘tkazish istagini bildirdi. 2000-yillar davomida Arbil – Iroq Kurdistoni poytaxti – va Bag‘dod bu masala bo‘yicha kelishishga behuda urindi.

    Foto: Meduza

    Foto: Meduza

    Bag‘dod va Arbil o‘rtasidagi so‘nggi nizo neftdan keladigan daromadlar ortidan kelib chiqdi. Kurdlar har kuni Bag‘dodga 250 ming barrel neft yetkazib berar, evaziga Iroq byudjetidan 17 foiz olar edi. 2014-yilda Bag‘dod yetkazib berilayotgan neft hajmini oshirishni talab qildi, talab bajarilmagach, Kurdistonni moliyalashtirishni qisqartirdi. Bundan tashqari, Bag‘dod kurdlarni xorijiy neft kompaniyalarni o‘ziga og‘dirib olish va ular bilan markaziy hukumatni chetlab o‘tgan holda hamkorlik qilishda aybladi. Kurdlar bo‘ysunuvidagi hududlardagi neft zaxirasi salkam 45 milliard barrelga baholanadi. Bu Iroq neft zaxiralarining uchdan biri demak.

    Bag‘dod va Arbilni ochiq to‘qnashuvlardan IShID qutqarib qoldi. 2014-yil yozida terrorchilar Mosul atrofidagi hududni egallab, Kirkukka yaqinlashdi. IShIDga qarshi kurashda kurdlarning harbiy tuzilmalari Iroq qurolli kuchlaridan ko‘ra samaraliroq bo‘lib chiqdi. Boz ustiga, kurdlar barcha bahsli hududlarni, birinchi galda, Kirkukni egallab oldi. Ular bu holatdan mustaqillik masalasini hal qilish uchun foydalanishga qaror qildi – Iroq shimolida jangovar harakatlar tugashi bilan, referendum o‘tkazilishi e’lon qilindi. Xususan, bahsli hududlarda ham.

    Bag‘doddan mustaqillik uchun Iroq Kurdistonining 91 foiz aholisi ovoz berdi. Ayni vaqtda, referendumning o‘tkazilgani mustaqillik e’lon qilinganini anglatmaydi. Referendum kurdlar uchun muloqot jarayonida Bag‘dodga bosim o‘tkazishga yordam beradigan yana bir vosita bo‘lishi kerak edi, biroq ovoz berish jarayoni o‘tkazilishi bilan, Iroq hukumati kurdlar bilan har qanday muloqotga kirishishdan bosh tortdi. Boz ustiga, Bag‘dod masalani kuch bilan hal qilish imkoniyatlarini istisno qilmayapti. Referendum arafasida Iroq hukumati Arbildan barcha chegara terminallari va aeroportlar ustidan nazoratni topshirishni talab qildi. Bag‘dodning iltimosiga ko‘ra, Tehron Iroq Kurdistoni bilan havo qatnovlarini to‘xtatdi. Turkiya esa iqtisodiy sanksiyalar bilan, jumladan, kurd nefti eksport qilinadigan quvurlarni yopib qo‘yish bilan tahdid qildi. Eron, Turkiya va Iroq kurd chegaralari yaqinida harbiy mashg‘ulotlar boshladi. Damashq ham bu referendumga qarshi chiqdi, biroq hozir suriyaliklarning muammosi o‘ziga yetarli.

    Iroqlik kurdlarning mustaqillikka erishishi Iroqning parchalanishi ibtidosi bo‘lishi, shuningdek, ko‘plab kurdlar istiqomat qiladigan Suriya, Eron va Turkiya uchun xavotirli namuna bo‘lishi mumkin. Bag‘dod referendum yakunlarini muhokama qilishdan bosh tortayotganidan kelib chiqib xulosa qilinsa, voqealarning keyingi rivoji ko‘p jihatdan tashqaridagilarga bog‘liq. AQSh va Yevropa Ittifoqi bu jarayon IShIDga qarshi kurashga salbiy ta’sir qilishidan xavotirlanib, so‘nggi lahzaga qadar kurdlarni referendum o‘tkazishdan qaytarishga harakat qildi. Rossiya ham Iroqning parchalanishi xavfi mavjudligini tushunib turibdi, biroq Moskva kurd referendumini ochiqcha qoralamadi. Rossiya Iroq Kurdistoniga kiritilgan investitsiyalar hajmi bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi va Bag‘dodni chetlab o‘tgan holda Arbil bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik qilish uning manfaatlariga mos keladi, biroq Rossiyaning ko‘plab energetika kompaniyalari faoliyat olib borayotgan Iroq bilan nizolashish ham Moskva uchun foydali emas.

    27.09.2017, 19:23   Izoh (0)   6003
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Etihad Airways uchuvchisi samolyot bortida vafot etdi

    27.09.2017, 19:13

    Barzaniy Iroq hukumatini “muzokaralar uchun eshiklarni yopmaslikka” chaqirdi

    27.09.2017, 19:01

    Tramp AQSh Shimoliy Koreyaga qarshi kuch ishlatishga to‘liq tayyorligini bildirdi

    27.09.2017, 18:37

    Iroq Kurdistondan amalga oshiriladigan xalqaro parvozlarni to‘xtatadi

    27.09.2017, 18:14

    NATO bosh kotibi: Kobul aeroportiga raketa zarbalari berilishi alyans Afg‘onistonda zarurligini ko‘rsatdi

    27.09.2017, 17:32

    Tailand sudi sobiq bosh vaziri Yinglak Chinavatni 5 yil qamoq jazosiga hukm qildi

    27.09.2017, 17:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston poytaxti daydi itlardan tozalanadi

    Dunyo | 12 avgust, 10:44

    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi

    Reklama | 12 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” 13-avgustda havo harorati qanchaga ko‘tarilishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 10:32

    Instagram: Ona bo‘lgan Dilnoza Habibullayeva, farzandlari onasiga uylanayotgan Ronaldu, Samarqanddagi to‘y muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

    Madaniyat | 12 avgust, 10:31

    Ozarbayjon va Armaniston tinchlik kelishuvi matnini e’lon qildi

    Dunyo | 12 avgust, 10:10

    O‘zbekistonda intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni buzganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 10:02

    “Shrek 5” multfilmining premyera sanasi kechiktirildi

    Kino | 12 avgust, 09:58

    “Manchester Siti” “Leypsig” futbolchisi uchun kurashga kirdi

    Sport | 12 avgust, 09:17
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.