4-sentabr kuni AQShning Blek-Rok cho‘lida mashhur Burning Man festivali yakunlandi. Unga 70 ming kishi tashrif buyurdi, deb xabar beradi TJournal.
Tadbirning muhim prinsiplaridan bir — “iz qoldirmaslik” bo‘lishiga qaramay, har yili tashkilotchilar cho‘ldan minglab velosipedlarni topadi. 2017-yili ular faollar bilan hamkorlikda qumlar orasida qolib ketgan bu velosipedlarni “Xarvi” va “Irma” to‘fonlari oqibatida mashinalaridan ajragan odamlarga yo‘llashga qaror qildi.
Tropik siklonlar oqibatida jiddiy zarar ko‘rgan Xyuston shahrida aholining 94 foizi avtomobil yoki mototsiklga ega edi. Ammo, ekspertlarning hisob-kitoblariga qaraganda, “Xarvi” oqibatida 500 mingdan milliongacha avtomobillar yo‘q qilindi, shundan so‘ng shaharda harakatlanish bilan bog‘liq muammolar kelib chiqa boshladi.
Xyustondagi ko‘pchilik ayni paytda yangi mashina sotib ololmaydi, butun shtat bo‘ylab ijara mashinalari tugab bo‘ldi. Ammo Burning Man velosipedlari bu muammoni hal qilishi kerak, deyiladi xabarda.
Izoh (0)