Kanadaning markaziy provinsiyalaridan birida Lotto Max milliy lotereyasi chiptasini sotib olgan kishi 60 million kanada dollari (49 million AQSh dollari) yutib oldi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Tashkilotchilarning ma’lum qilishicha, yutuqli chiptani Manitoba, Saskachevan yoki Alberta provinsiyasi aholisi vakillaridan biri sotib olgan bo‘lishi mumkin.
Bundan tashqari, yana 15 nafar ishtirokchining har biri 1 million dollar kanada dollari (810 ming AQSh dollari) miqdorida yutuqqa ega bo‘lgan.
Bu chiptalar Kvebek, Manitoba, Saskachevan va Alberta provinsiyalarida sotilgan. Lotereya qoidalariga ko‘ra, yutuqni olish uchun tashkilotchilarga yutuqli chiptani taqdim etish kerak.
Izoh (0)