Eron yadro dasturi bo‘yicha Qo‘shma keng qamrovli harakatlar rejasi shartlariga o‘zgartirishlar kiritish haqida suhbatlashishga tayyor. Buning uchun shartnoma tuzish, jumladan, Tehronga yuqori boyitilgan uran ishlab chiqarish huquqini taqdim etish orqali Islom Respublikasining barcha yon berishlari qayta ko‘rib chiqilishi lozim. Bu haqda 21-sentabr, payshanba kuni The New York Times gazetasida chop etilgan intervyuda Eron tashqi ishlar vaziri Muhammad Javad Zarif ma’lum qilgan, deb yozadi “TASS”.
“Bizga 10 tonna boyitilgan uranni qaytarishga rozimisiz?” — deya ritorik savol beradi u.
Zarif AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati ritorikasi ortida o‘z navbatida murosa qilmasdan Tehrondan yangi yon berishlarga erishish istagi yashiringan deb hisoblaydi.
“Bitim mukammal emas, chunki istalgan bitimda nimadir berish bilan birga nimadir olishga ham to‘g‘ri keladi. Aks holda shartnoma umuman bo‘lmaydi”, — deya aniqlik kiritdi u.
Izoh (0)