Yangi iPhone 8 smartfonlari sotuvga chiqqan birinchi kun yangiliklarga boy bo‘ldi. Minglab odamlar birinchilar qatorida gadjetni sotib olish uchun do‘konlarga intildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Internet nashrlarida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda xaridorlar orasida ko‘tarilgan shov-shuv aks etgan fotomateriallar chop etildi. Ularga qarab xulosa qilinsa, Apple, iPhone X smartfonining sotilishi qoldirilganiga qaramay, baribir ko‘plab xaridorlarni jalb qila oldi, deb ma’lum qiladi Mashable.
Suratlarda ulkan olomonni ko‘rish mumkin. Aytilishicha, ular tungi soatlardan do‘kon oldida to‘plana boshlagan.
Lekin yangi gadjetga qiziqish hamma joyda ham birday katta bo‘lmadi. Masalan, Fransiyadagi mana bu Apple Store’da mijoz ancha kam.
Izoh (0)