Shvetsiya politsiyasi mamlakatda teraktlar tayyorlanayotgani haqida matbuotda paydo bo‘lgan xabarlar bilan tanish, lekin, shunga qaramay, Stokgolmda tahdidning oddiy darajasi saqlab qolinadi. Bu haqdagi politsiya bayonoti matbuot uchun tarqatildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
Muqaddam mahalliy gazetalar poytaxtda teraktlar o‘tkazilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi. Ammo mahalliy rasmiylar bu borada jiddiy xavotirga o‘rin yo‘q deb hisoblab, tahdid darajasini oshirishga shoshilmayapti.
Shvetsiya politsiyasi rasmiy vakili Nina Odermalm Shey Dagens Nyheter gazetasida chop etilgan xabar mazmuni idora rahbariyatiga yetkazilganini qo‘shimcha qilib o‘tdi.
Izoh (0)