“Mariya” to‘foni Puerto-Riko hududiga yetib keldi. Bu haqda AQSh to‘fonlarni kuzatish milliy markazi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
To‘fon dastlab Yabukoa munitsipaliteti hududida qayd etildi. Shamolning maksimal tezligi 250 km/soatni tashkil etmoqda.
Ayni paytda tabiiy ofat Puerto-Riko poytaxti San-Xuandan 55 kilometr narida turibdi.
Izoh (0)