Ayni kunlarda jahon bo‘ylab 40 milliondan ortiq odam qullikda saqlanmoqda. Bu ma’lumot Xalqaro mehnat tashkiloti tomonidan tarqatilgan hisobotda aytildi, deb xabar beradi “Interfaks”.
Aytilishicha, shularning 71 foizi yoki 29 million kishi ayollardir.
Bundan tashqari, hisob-kitoblarga qaraganda, jahonda 17 yoshgacha bo‘lgan 152 million bola majburiy mehnatga jalb qilib kelinmoqda.
Bolalar mehnati qishloq xo‘jaligida (70,9 foiz), xizmat ko‘rsatish sektorida (17,1 foiz) va sanoatda (11,9 foiz) qo‘llanadi.
Izoh (0)