Business Insider nashri Apple kompaniyasining iPhone X flagmani jahonning turli mamlakatlarida qanday narxlarda sotilayotganini o‘rganib chiqdi. 999 dollar turadigan ushbu gadjetning narxi qimmatligi haqida ko‘p marta yozildi. Bundan tashqari, AQShning ko‘p hududlarida mahsulotning real narxi bundan kattaroq qiymat kasb etmoqda. Ammo, tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, AQShdan boshqa davlatlarda uning narxi yanada ko‘tarilib ketgan.
“Agar AQSh tashqarisida yashasangiz, iPhone X’ning narxi ayniqsa murakkab masalaga aylanishi mumkin, negaki Apple’ning yangi ultrapremial iPhone X uskunasi xorijda sezilarli darajada qimmat turadi”, — deyiladi materialda.
Keltirilgan jadvaldan ma’lum bo‘lishicha, iPhone X’ning qimmatligi bo‘yicha birinchi o‘rinda Rossiya turibdi — bu yerda ushbu telefon 1390 dollarga sotilmoqda. Undan keyingi pog‘onalarni Yevropa Ittifoqi (1376) va Birlashgan Qirollik (1338) egalladi.
Keltirilgan o‘nlikning oxirgi pillapoyasini Yaponiya band etdi — bu yerda iPhone X 1018 dollarga sotilmoqda.
Reytingga, shuningdek, Meksika (1325), Xitoy (1279), Avstraliya (1259), BAA (1115), Gonkong (1099), Kanada (1080) va AQShning o‘zi (1063) kirdi.
Izoh (0)