Apple kuzgi taqdimotda birdaniga uchta smartfonni taqdim etadi: iPhone 8, iPhone 8 Plus va iPhone X. Bu haqda Bloomberg nashriga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, qurilmalarning nomlari Apple’ning dasturiy ta’minotida topilgan.
iPhone 8 va iPhone 8 Plus smartfonlarning yettinchi talqini davomchilari bo‘ladi, iPhone X esa premium talqin bo‘lib, unda qurilmani blokdan chiqarish uchun yuzni tanish funksiyasi ishlaydi.
“X” harfi birinchi iPhone taqdim etilganining 10 yilligiga ishora bo‘lishi mumkin, deyiladi xabarda.
Izoh (0)