19-sentabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. 2019-yil uchun Green Card lotereyasini to‘ldirish 3-oktabrdan boshlanadi. 2019-yil uchun “Turli millat vakillari uchun immigratsion vizalar — DV” (Grin Kard) dasturiga ro‘yxatga olish 7-noyabrgacha davom etadi.
2. Shavkat Mirziyoyev AQShning yirik kompaniyalari rahbarlari bilan uchrashdi. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Xalqaro valyuta jamg‘armasi rahbari Kristin Lagardni qabul qildi.
3. O‘FF yangi rahbariyati milliy terma jamoaga faqat xorijiy mutaxassislar nomzodini ko‘rib chiqmoqda. O‘FF yangi rahbariyati mamlakatda futbolni tubdan isloh qilishning yangi rejalarini ishlab chiqmoqda.
4. Kommunal xizmatlarning Yagona billing tizimi 2019-yilda ishga tushadi. Rejaga ko‘ra, tizim 2018-yilning avgustida ishga tushirilishi kutilmoqda, kommunal xizmatning ma’lumotlar bazasi va axborort tizimi unga keyinroq ulanadi.
5. Toshkent markazidagi yangi ko‘prik qurilishi yakunlandi. U yaqin kunlarda ochiladi (foto). Shimoliy vokzal yaqinida joylashgan Farg‘ona yo‘li va Nukus ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgich qurib bitkazildi.
Izoh (0)