Germaniya Bundesligasining 4-turidan so‘ng Dortmundning “Borussiya” klubi turnir jadvalida yetakchi bo‘lib turibdi.
Peter Bosh boshchilik qilayotgan jamoa Yevropa Ligasi ishtirokchisi hisoblangan “Kyoln”ni qabul qilib, 5:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvda Pyer-Emerik Obameyang gollari sonini 4 taga yetkazib oldi.
Liga to‘purari esa “Bavariya” vakili Robert Levandovski bo‘lib turibdi. U ham Obameyang kabi mazkur turda dubl qayd etdi. Uning gollari 4-turdan so‘ng 5 taga yetgan. Tanqidlar ostida qolib ketayotgan Tomas Myuller ham bu tur gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Germaniya Bundesligasi 4-tur bellashuvlari 16-sentabr, shanba
“Bavariya” — “Maynts” 4:0
Gollar: Tomas Myuller, 11 (1:0). Aryen Robben, 23 (2:0). Robert Levandovski, 50 (3:0). Robert Levandovski, 77 (4:0).“Verder” — “Shalke” 1:2
Gollar: Lamin Sane, 20 (1:0). Milog Velkovich, 22-avt (1:1). Leon Goretska, 83 (1:2).“Gannover” — “Gamburg” 2:0
Gollar: Martin Xarnik, 50 (1:0). Ilas Bebu, 82 (2:0).“Leyptsig” — “Borussiya Myonxengladbax” 2:2
Gollar: Timo Verner, 17 (1:0). Torgan Azar, 25-pen (1:1). Jan-Kevin Ogyusten, 31 (2:1). Lars Shtindl, 62 (2:2).17-sentabr, yakshanba
Izoh (0)