Buyuk Britaniya ommaviy axborot kanallari London metropolitenida sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumonlanib ushlangan ikki kishidan birining ismini aniqladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Sky News telekanaliga ko‘ra, 21 yoshli gumondorning ismi Yahyo Farruxdir.
Politsiyachilar 17-sentabr kuni Farrux istiqomat qiladigan manzilda tintuv o‘tkazdi. U London chetidagi Stanuell shaharchasida (Surrey grafligi) yashashi aytilmoqda.
Ikkinchi gumondorning ismi hozircha noma’lum.
Izoh (0)