15-semtabrning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.
1. London metrosida portlash yuz berdi. Portlash terakt sifatida baholandi.
2. IShID jangarilarining qariyb 400 nafar xotinlari Iroq harbiylari qo‘liga tushdi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Ayollar hozir “Xamam Eli” lagerida tutib turilibdi. Iroq hukumati ularning IShID bilan aloqasini o‘rganmoqda.
3. JCh—2018 chiptalari qancha turadi? FIFA mundial o‘yinlariga kirish narxlarini ochiqladi. FIFA bunda chiptalarni 4 ta kategoriyaga bo‘lib chiqqan.
4. NHK: Shimoliy Koreya Yaponiyaga qarata raketa uchirdi. Janubiy Koreya prezidenti KXDRning yangi gij-gijlashlariga javoban, uni butunlay yo‘q qilib tashlash bilan tahdid qildi.
5. Ekspert: Qirg‘iziston yerlarining O‘zbekistonga berilishi haqidagi provokatsiyalar terrorchilar foydasiga ishlaydi. Ma’lum bo‘lishicha, WhatsApp messenjeri orqali Almazbek Atambayev tomonidan Qirg‘iziston yerlari O‘zbekistonga berilgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Go‘yoki buning evaziga O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonda istiqomat qiluvchi o‘zbeklarni Atambayevga kerakli nomzodlardan biriga ovoz berishga chaqiradi.
Izoh (0)