Andijon viloyatining jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudida fuqaro Kamoliddin Оbidovning ishi bo‘yicha hukm o‘qildi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.
Muqaddam 2 marta sudlangan Оbidovga firibgarlik, o‘zgalar mulkini o‘zlashtirish, davlat mulkini talon-taroj qilish kabi qator ishlar bo‘yicha ayblov e’lon qilingan edi. Sud jarayonida sudlanuvchi o‘z qilmishiga iqror bo‘ldi.
Izoh (0)