Toshkent shahridagi Star Med Center xususiy klinikasida joriy yilning 18—19-sentabr kunlari Business Bridge Global xalqaro konsalting kompaniyasi tomonidan bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilinadi. Bu haqda UZ24 xabar bermoqda.
Tibbiy ko‘rik Janubiy Koreyaning Pusan universiteti, Yangsan shifoxonasining yetakchi professor-shifokorlari tomonidan urologiya, pediatriya va qon tomir kasalliklari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
Bepul tibbiy ko‘rikka borishni istaganlar 17-sentabrga qadar oldindan ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.
Izoh (0)