Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-turidan joy olgan “Maribor” — “Spartak” o‘yinida ishqibozlar bosh hakamga tan jarohati yetkazishga urindi.
Sloveniyaning Maribor shahrida o‘tgan uchrashuvni germaniyalik Deniz Aytekin boshqarib borgandi. O‘yinda g‘olib aniqlanmadi — 1:1.
Feyrbol hakamga yo‘lantirilgani aniq. Biroq mo‘ljalda birozgina adashilgan. Uning qaysi sektordan uchib chiqqani borasida aniq ma’lumotlar yo‘q. UEFA ishni o‘rganib chiqib, mezbonlarga nisbatan chora ko‘rishi kutilmoqda.
Izoh (0)