Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev mahalliy maktablar direktorlarini kaltaklagani bilan bog‘liq holat viloyat hokimligi mutasaddilari tomonidan chuqur o‘rganilmoqda. Bu haqda “Daryo”ga ishonchli manbasi ma’lum qildi.
Vaziyatni o‘rganish bo‘yicha xulosalar tez orada oshkor etiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Kun.uz” nashri Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hokimi Nosirjon Egamberdiyev mahalliy maktablar direktorlarini kaltaklagani aks etgan videoni e’lon qilgan edi. Rolikda ma’muriyat rahbari deb ataluvchi erkak bir qatorga terilgan direktorlarni navbatma-navbat urishayotgani va kaltaklayotganini ko‘rish mumkin. Tuman hokimining so‘zlaridan anglash mumkinki, maktab direktorlari Mustaqillik bayramiga o‘qituvchilarni olib kelmagani uchun jazolangan.
Izoh (0)