Yo‘l haqarati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini avtomatik ravishda qayd qilish kameralari Toshkentning yana 280 chorrahasida paydo bo‘ladi, deb xabar qildi Uz24.
Xabarga ko‘ra, yaqinda O‘zbekistonda videoqayd kameralari o‘rnatishning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Bu “Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida taxminan ikki yil davomida amalga oshiriladi. Ushbu davr mobaynida kameralar bosqichma-bosqich ishga tushiriladi.
Kelajakda kameralar kiritish tizimi xorijiy mamlakatlar tajribasi asosida yanada takomillashtirib boriladi.
“Bizning xodimlar bir necha xorijiy mamlakatlarda bo‘lishdi. Masalan, Xitoyda kameralar qoidabuzarlikning 10ga yaqin turini aniqlash imkoniga ega. Toshkentda esa bugungi kunda kameralar faqat 2 turdagi qoidabuzarlikni aniqlamoqda: tezlikni oshirish va qizil chiroqqa o‘tib ketish. Ushbu yo‘nalishda ham ishlaymiz”, — dedi IIV vakili.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 15 martidan boshlab Toshkentdagi 115 ta chorrahalarda video kuzatuv kameralari ishga tushirildi. Ular har kuni 700 tadan dan 1000 tagacha qoidabuzarliklarni aniqlamoqda. Kameralar tomonidan qayd qilingan qoidabuzarliklar 3 kun ichida rasmiylashtirib, pochta orqali avtoulov egasiga yuboriladi. Agar avtomobil yuridik shaxs nomida bo‘lsa, firma direktoriga yuboriladi.
Izoh (0)