Vosiq international school va Yoju texnologiyalar instituti (Janubiy Koreya) o‘rtasida akademik almashinuv Bitimi imzolandi va hamkor ta’lim muassasalar o‘rtasida istiqbolli rejalar muhokama qilindi, deb xabar berdi “O‘zbekiston 24”.
Ushbu bitim ikkala ta’lim muassasa o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish uchun kerakli va oqilona deb topilgan har qanday dasturni o‘z ichiga oladi. Janubiy Koreyaning Yoju texnologiyalar instituti bilan O‘zbekistonda ta’limni yanada rivojlantirish bo‘yicha qator ishlar amalga oshiriladi.
Shu bilan birga yuqoridagi ta’lim va tarbiya jarayonining uzviyligini ta’minlash maqsadida O‘zbekistonda Yoju texnologiyalar instituti filialini tashkil etish haqida taklif bildirdi.
Izoh (0)