Yoshlar ijod saroyida O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamda Ma’naviyat va ma’rifat markazi o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar bermoqda.
Memorandum imzolash marosimida ittifoqning hududiy Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishi bo‘limi mudirlari, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent shahri bo‘linmalari rahbarlari, faol yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Ushbu memorandum yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish maqsadida imzolandi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev nutq so‘zladi.
Izoh (0)