Singapurlik fotograf Aram Pen kamyob imkoniyatlardan biriga ega bo‘ldi. U samolyotdan Shimoliy Koreya poytaxti Pxenyanni tasvirga oldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Videoda baland yorqin binolar, yashil maysazorlar va poytaxtning g‘alati bo‘m-bo‘shligi ko‘rinadi.
“Shimoliy Koreyada samolyotdan tasvirga olishga ruxsat olish kamdan-kam beriladigan imkoniyatlardan biri hisoblanadi”, — deb yozgan fotograf videoning izohida.
Straits Times nashrining yozishicha, video o‘tgan yili olingan, biroq endi tarmoqqa joylangan.