Vashingtonning turli din va millatga mansub aholisi vakillari 11-sentabr fojiasini xotirlash maqsadida Birdamlik sayriga chiqdi. Bu haqda ShareAmerica xabar bermoqda.
Mazkur tadbir 15 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Ilk bor bunday sayr 2002-yilning 11-sentabr kuni uyushtirilgan edi.
Tadbir Vashingtondagi yahudiy kongregatsiyasida boshlanadi, shundan so‘ng ishtirokchilar Massachusets-avenyudagi xorijiy elchixonalar yonidan o‘tadi. Yurishga barcha istaganlar qo‘shilishi mumkin.
Izoh (0)