Meksikadagi zilzila qurbonlari soni 61 kishiga yetdi. Bu haqda, “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, mamlakat prezidenti Enrike Penya Nyeto ma’lum qildi.
Prezidentning ma’lum qilishicha, 45 kishi Oaxaka shtatida, 12 kishi Chyapasda va to‘rt kishi Tabaskoda halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, mahalliy vaqt bilan 8-sentabrga o‘tar kechasi Meksika qirg‘oqlari yaqinida 8,2 magnitudali zilzila yuz bergan edi.
Meksika prezidenti Enrike Penya Nyeto bu zilzila mamlakat hududida so‘nggi 100 yilda qayd etilgan eng kuchli yerosti silkinishi ekanini avvalroq qayd etib o‘tgan edi.