• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12937.93
    • RUB161.1
    • EUR14665.14
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Aleksandr Davletov: Imtiyozli kreditlar, foizlar va kredit bozori xususida

    Markaziy bank qayta moliyalash stavkasi 28-iyundan boshlab 9 foizdan 14 foizga ko‘tarilgach, ko‘pchilik ilgari arzonligi sabab keng ommaga imkonli — “dostupniy” bo‘lmagan kreditlarni olish osonlashishini kutgan edi. Amalda esa bunday bo‘lmadi. Aksar tijorat banklari qator yo‘nalishlar bo‘yicha kreditlashni butkul to‘xtatgan bo‘lsa, ba’zi banklar kredit mahsulotlari narxini, ya’ni, foizlarini keskin oshirib yubordi.

    Markaziy bank.

    Markaziy bank.
    Foto: UzReport

    Nega bunday bo‘ldi?

    Ko‘pchilik o‘ylaganidek, birgina foiz stavkalarining oshirilishi shaffof va ochiq kredit bozorini hosil qilib qo‘ymaydi. Chunki muammo faqatgina qayta moliyalash stavkasi past ekanligida emas. Tijorat banklarining qator yo‘nalishlar va ko‘plab qarzdorlar kategoriyalari bo‘yicha — masalan, Davlat, Investitsiya va Hududiy dasturlari doirasidagi loyihalar, hukumat qarorlari asosida moliyalashtirilayotgan kreditlar, ta’lim kreditlari, yosh oila toifasiga mansub qarzdorlarga iste’mol, ipoteka va mikrokreditlar kabi mahsulotlar bo‘yicha — foiz stavkasi qat’iy chegaralangan.

    Ya’ni ular bo‘yicha foiz stavkasi qoida tariqasida qayta moliyalash stavkasidan yuqori bo‘lishi mumkin emas. Bunday imtiyozli toifadagi kreditlar tijorat banklari kredit portfelining ko‘p hollarda 50 foiz va undan yuqori ulushini tashkil etadi. Endi o‘zingiz o‘ylang — banklar tomonidan ajratilgan va ajratilayotgan kreditlarning yarmidan ko‘pi bo‘yicha foiz stavkasi qat’iy belgilab qo‘yilgan holatda kredit bozori haqida gapirish mumkinmi?

    Albatta, davlat ayrim toifa qarzdorlar va iqtisodiyot tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlashi tabiiy va bu lozim ham. Lekin tijorat banklarini tegishli tartibda resurs bilan ta’minlamay turib yoki foiz yo‘qotishlarini qoplamasdan, imtiyozli kreditlashni yo‘lga qo‘yish har doim foizlar disproporsiyasini yoki o‘sha imtiyozli kreditlar defitsitini keltirib chiqaraveradi. Disproporsiya va defitsit boshlangan joyda esa korrupsiya elementlari paydo bo‘lmasligi mumkin emas, chunki bozor tartibga solmagan masalani korrupsiya “tartibga soladi”.

    Qolaversa, tijorat banklari, ayniqsa nodavlat tijorat banklari o‘z ixtiyorlaridan tashqari holda, ya’ni yuqoridan tushgan “rejani bajarish” uchun imtiyozli va arzon kredit berish ortidan paydo bo‘lgan yo‘qotishlarni har doim boshqa toifa qarzdorlar — tijoriy kreditlar foizlarini oshirish hisobidan chiqarib olish yo‘lini tutishadi.

    Boshqacha aytganda, masalan, tijorat banki 12 foiz yoki 14 foizdan resurs topib, qaysidir imtiyozli toifaga 14 foizdan — qayta moliyalash stavkasidan kredit berdimi, buning yo‘qotishini boshqa bir toifaga kamida 22 foizdan kredit berish bilangina qoplashi mumkin. Agar imtiyozlar bo‘lmaganda edi, tijorat banki har ikki mijoziga — talab va taklifga qarab — masalan, 17—18 foizdan kredit mahsulotini taklif etishi va bu mahsulotlari xajmini, o‘z-o‘zidan daromadlarini ham, yanada oshirishga rag‘bat olishi mumkin bo‘lardi.

    Eng yomoni, aslida bunday vaziyatdan o‘sha imtiyozli deb ajratilgan toifadagilarning aksariyati, bunday kredit olishga imkon topa olmaganlar ham jabr chekadi va chekmoqda. Masalan, bugungi kunning dolzarb muammolaridan biri bu — OTMlarga to‘lov-kontrakt hisobiga o‘qishga kirgan talabalarning kontrakt pulini to‘lash uchun ta’lim kreditlarining olishi masalasi. Vazirlar Mahkamasi Qarori, Markaziy bankning tegishli nizomi bilan bu yo‘nalishdagi kreditlarning foiz stavkasi aniq belgilab qo‘yilgan: qayta moliyalash stavkasidan oshmagan miqdorda, ya’ni ta’lim krediti ustamasi 14 foizdan oshmasligi kerak.

    Lekin tijorat banklari ayni damda eng arzon bo‘lsa 14 foizdan zo‘rg‘a resurs topayotgan bir sharoitda — birinchidan, 14 foizdan ta’lim krediti berishdan manfaatdor bo‘ladimi (yana shuncha soliqlar, boshqaruv, ekspluatatsiya, ish haqi xarajatlarini to‘lagan holda); ikkinchidan, tijorat banki, garchi buni bo‘lajak qarzdor istayotgan bo‘lsa ham, qoidalarga qarshi borib, yillik 14 foizdan yuqori stavkada ta’lim krediti bera olmaydi. Pirovardida bozor stavkalarida ta’lim krediti olish istagi va imkoniyatidagi qatlam ham, tijorat banklarining o‘zi ham manfaatdor bo‘lmagan vaziyat va holat yuzaga kelmoqda.

    Nima qilmoq kerak?

    Birinchidan, davlat va Markaziy bank tijorat banklarining kredit mahsulotlari bo‘yicha foiz stavkalarini cheklash va o‘rnatish, imtiyozli kreditlarning “yukini” tijorat banklari zimmasiga ortish amaliyotidan voz kechmog‘i lozim. Hech qursa, o‘tgan 20—25 yillik imtiyozlarni bolalatish amaliyotimiz qanday salbiy oqibatlarni yaratgani to‘g‘risida o‘ylab ko‘rmog‘imiz kerak bo‘ladi. Chunki imtiyozli kreditlarning iqtisodiyotimizga yetkazayotgan bilvosita zarari va yaratayotgan disproporsiyalari, shartli ravishda aytganda, shu paytgacha “konvertatsiya” muammosi — rasmiy kurs va “qora bozor” kursi yetkazgan jabrdan kam emas (zero, iqtisodiy nuqtai nazardan qaralsa, 9 foiz yoki 14 foizlik kredit olish — barcha belgilariga ko‘ra 4200 so‘mdan valyuta sotib olishdek gap aslida).

    Xursand qiladigan jihat shundaki, keyingi paytda bu yo‘lda ilk qadamlar qo‘yilishini kuzatmoqdamiz, dastlabki mexanizmlarni yaratish yo‘lida harakatlar ham boshlangan. O‘zbekiston Prezidentining 17-avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida”gi 3225-sonli qarorini aynan shunday progressiv harakatlarning avvali deb hisoblash mumkin.

    Qarorga ko‘ra yangi tashkil etilayotgan jamg‘arma oldiga boshqa qator vazifalar bilan birga tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklaridan olgan kreditlari foizlarini qisman qoplab berish vazifasi qo‘yilgan. Ya’ni, bundan buyog‘iga hukumat biznesning qator shakllari va biznes loyihalarni “nasiya” va tijorat banklari gardaniga “yuklatilgan” imtiyozlar bilan emas, bilvosita kompensatsiya yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash yo‘lini tutadi. Bu butun dunyo tajribasi, shaffof yo‘l. Faqat shu yo‘l bilangina kredit va foiz bozorini muvozanatlash, imtiyozlar bilan bozorga aks ta’sir ko‘rsatishning oldini olish mumkin bo‘ladi.

    Buyog‘iga turfa jismoniy shaxs qarzdorlar, masalan, talabalar, yosh oilalar, ayollar va boshqalarga ham turli yillarda va turli sabablarga ko‘ra “qayta moliyalash stavkasidan oshmagan”, “qayta moliyalash stavkasining 50 foizidan oshmagan” kabi ko‘rinishda taqdim etilgan imtiyozlardan ham voz kechish haqida ham chuqurroq tahlil qilish kerak bo‘ladi. Axir, o‘zingiz o‘ylang — imkoniyatlaringizga xolis baho bering: masalan, siz talabasiz, banklarda tanishlaringiz yo‘q, pora ham bera olmaysiz, imtiyozli ta’lim kredit olish imkoniyatlaringiz qanday? Yoki siz yosh oilasiz, ayni damda yillik 14 foizdan, 3 yillik imtiyozlik davr bilan 15 yilga ipoteka kredit olish imkoniyatingizni bir chamalab ko‘ring.

    Endi hech kimni shaxsan ayblamay, masalaga tanqidiy yondashsak, aslida bozor va shaffoflik yo‘qligi uchun imtiyozli kreditlarga imtiyozga muhtojlar emas, imtiyozga “dostup” qila oladiganlar ega chiqmayaptimi? Shunday ekan, o‘ziga xoslikdan voz kechib, barcha taraqqiy etgan mamlakatlar tutgan yo‘ldan yurish, “otang bozor, onang bozor” prinsiplariga qaytish to‘g‘ri emasmi? Albatta, bu bilan kam ta’minlangan, yordamga muhtoj qatlamlarga ko‘mak berishdan voz kechish taklif etilmayapti. Aslo! Lekin bu yordam, xuddi yuqorida qayd etilganidek, bilvosita amalga oshirilishi, balki alohida Jamg‘arma tashkil etish va tijorat banklaridan olingan kreditlar foizlarini qisman qoplab berish yo‘li bilan ko‘rsatilmog‘i afzalroqdek ko‘rinadi.

    O‘ylab ko‘ring, biz bu mavzuga yana qaytamiz.

    Aleksandr Davletov

    09.09.2017, 11:00   Izoh (0)   73999
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bеkobodda Nexia qasddan motosiklni yo‘ldan chiqarib yuborishi oqibatida 1 kishi halok bo‘ldi (video)

    09.09.2017, 07:24

    Rekordni ortig‘i bilan o‘rnatgan palov, Meksikadagi “asr zilzilasi”, Babayanning iqrornomasi va kunning boshqa muhim xabarlari

    08.09.2017, 21:41

    MIBning Toshkent viloyati boshqarmasi qarzdorlardan 600 mlrd so‘m undirdi

    08.09.2017, 19:57

    Bekobod tumanida “bola puli” tayinlash uchun pora so‘ragan mas’ul ushlandi (video)

    08.09.2017, 19:52

    MIBning Toshkent viloyati boshqarmasi xodimlariga xizmat Nexia’lari va mopedlari topshirildi

    08.09.2017, 19:16

    Farg‘onada qo‘shni davlatga o‘tmoqchi bo‘lgan Mercedes Benz yukxonasidan 828 kilogramm mis metalli aniqlandi

    08.09.2017, 18:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    Jamg‘armalarni qanday ishlatish kerak: ko‘chmas mulk va investitsiya paketlarini solishtiramiz


    BASHKENT turar joy majmuasida 1 iyun – Bolalarni himoya qilish kuniga bag‘ishlangan mental arifmetika bo‘yicha Chempionat bo‘lib o‘tadi!


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    “Markaziy Osiyo – Uzbekistan Airways qanotlarida”: Moskvada ilk yillik biznes forum bo‘lib o‘tdi


    APEX BANK Markaziy savdo ofisi va Bosh ofisini ochishga tayyorgarlik ko‘rmoqda: yangi ko‘lam, yangi imkoniyatlar


    Ishonchli tanlov: Haval M6 va 0 % dan boshlanadigan kredit


    Yangi Note 50: metal hoshiyali, super tezkor 90W zaryadlash, MagCharge simsiz zaryad qurilmasi sovg‘a sifatida


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 


    TezQR InfinBANK orqali Amirsoydagi shalelarga eshiklarni ochadi


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    Ucell: Ustyurt platosining asosiy yo‘l bo‘linmalarida mobil aloqa


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Roma” APL klubi ustozi bilan shartnoma imzolamoqchi

    Sport | 22 may, 09:45

    Isroil harbiylari xorijlik diplomatlarga o‘t ochdi (video)

    Dunyo | 22 may, 09:40

    O‘zbekistonda xususiy bandlik agentliklariga yangi huquqlar berilishi mumkin

    O‘zbekiston | 22 may, 09:17

    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi

    Reklama | 22 may, 09:00

    AQSH Rossiyaga yetib bora oladigan raketani sinovdan o‘tkazdi (video)

    Dunyo | 22 may, 09:00

    Son Xyon Min: “Men afsonaman”

    Sport | 22 may, 08:45

    Putin maslahatchisi SSSR “yuridik jihatdan” mavjudligini ta’kidladi

    Dunyo | 22 may, 08:32

    Yevropa Ligasi. “Tottenhem” Yevropa Ligasi chempioniga aylandi (video)

    Sport | 22 may, 07:44
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.