Ukraina poytaxtida 8-sentabr kuni ro‘y bergan otishma oqibatida Qirg‘izistonning ikki fuqarosi yaralandi. Ular shifoxonaga yetkazildi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Ular o‘qotar quroldan qo‘l va oyog‘idan ko‘psonli jarohatlar olgan. Biri qornidan yaralanga. Jabrlanganlar boshqa davlat fuqarolaridir. Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, ular Qirg‘iziston fuqarolaridir. Umid qilamizki, ularning hayotiga hech narsa xavf solmaydi. O‘qqa tutilgan mashina Jaguar edi. Jinoyatchilar o‘z avtomobilida yashirinishga harakat qilganida Porsche ham zarar ko‘rdi. Otishmada u mashina yo‘q edi”, — ma’lum qildi politsiya boshlig‘i Andrey Krishchenko “112 Ukraina” telekanali efirida.
Uning qo‘shimcha qilishicha, xizmat iti patronlar solingan sumka topgan. Jaguar avtomobiliga jami 1015 ta o‘q uzilgan.
Voqea yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.
Izoh (0)