Qozog‘istonning Chimkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida uch kishi jarohat oldi. Yo‘lovchilardan biri vafot etgan. Bu haqda Chimkent viloyati YPX matbuot xizmatiga tayanib, “Kazinform” xabar berdi.
7-sentabr kuni Yenbekshin tumanida soat 5:30 lar atrofida BMW va Nexia o‘rtasida avariya sodir bo‘lgan. Noxush hodisa oqibatida Nexia avtomobili yo‘lovchisi, 27 yoshli o‘zbekistonlik shaxs vafot etgan. Shuningdek, Nexia’ning boshqa ikki yo‘lovchisi — 1990 va 1991-yilda tug‘ilgan O‘zbekiston fuqarolari turli jarohatlar bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Ayni vaqtda Yo‘l-transport hodisasi yuzasidan tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)