O‘zbekiston ishbilarmon doiralari Moskvadagi “Tekstillegprom—2017” xalqaro yarmarkasi doirasida 146 million dollarlik eksport shartnomalarini imzoladi, deb yozadi UzDaily.
Yarmarkada O‘zbekiston, Xitoy, Hindiston, Bangladesh, Germaniya, Italiya, Polsha, Niderlandiya, Portugaliya, Bolgariya, Turkiya, Koreya Respublikasi, Belarus va Qirg‘iziston kabi 28 ta mamlakat vakillari qatnashdi.
O‘zbekistonning 40 ta kompaniyasi vakillari yarmarkada Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda “O‘zbekyengilsanoat” AJ ko‘magida ishtirok etdi.
Yarmarka doirasida O‘zbekiston kompaniyalari yetakchi xorijiy firma va kompaniyalar bilan hamkorlik o‘rnatish va uni rivojlantirish haqida kelishib oldi.
Izoh (0)