O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni “O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi UzDaily.
Unga muvofiq, sakkiz turdagi tovar guruhlari 2017-yilning 10-sentabridan boshlab aksiz solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
Shuningdek, 42 nomdagi tovar turlari bo‘yicha bojxona bojining nol stavkasi belgilandi.
Ushbu tovarlar ro‘yxatiga metall, ip va o‘simlik tolalari, kauchuk va rezina, yog‘och mahsulotlar, farmatsevtika mahsulotlari, polimerlar, pardozlash materiallari kirdi.
Izoh (0)