Huawei kompaniyasi joriy yilning iyun va iyul oylarida smartfonlar savdosi hajmi bo‘yicha o‘zining amerikalik raqobatchisi Apple’ni ortda qoldirdi. Kompaniya reytingda Samsung’dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi, deb yozmoqda “Korrespondent.net”.
Tahlilchilarning fikriga ko‘ra, joylarning almashinuvi Apple atrofidagi ma’lum jimlik va yaqin vaqt ichida yangi smartfonning taqdim etilishi bilan bog‘liq.
Biroq ekspertlarning ta’kidlashicha, Huawei mahsulotlarining ommabopligiga qaramasdan, dunyodagi eng ko‘p sotiladigan smartfonlar o‘ntaligida bu xitoy kompaniyasining bitta ham smartfoni yo‘q.
Izoh (0)