Fransiyalik ayolga 38 yil davomida botqoq tubida yotgan mashinasi qaytarildi. Mashina taxminan 40 yil avval o‘g‘irlab ketilgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Qurg‘oqchilik tufayli botqoq ostida yotgan Peugeot 104 yuzaga chiqib qolgan va topilgan.
Ta’kidlanishicha, uzoq vaqt botqoq ostida yotgan bo‘lsa ham, avtomobil tashqi ko‘rinishini deyarli yo‘qotmagan.
Biroq avtomobil arang harakatlanmoqda. Suv ostida bo‘lgan yillarda mashina kapotining ostida qisqichbaqalar in qurgan.
Izoh (0)