Myanma hukumati qochoq roxinjalar qaytib kelishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun Bangladesh bilan chegaraga minali to‘siqlar o‘rnatmoqda, deb yozadi Reuters Bangladesh hukumatidagi manbasiga tayanib.
Uning aniqlik kiritishicha, chegarada tikanli simlar tortilgan devor bo‘ylab minalar yotqizish jarayoni uch kundan buyon davom etmoqda. Bangladesh hukumati bu haqda asosan informatorlar taqdim etgan fotosuratlar va ma’lumotlar orqali xabar topgan.
“Bizning harbiylarimiz ham Myanma tomonda yerga nimadir o‘rnatayotgan uch-to‘rtta guruhni ko‘rgan. Oxir-oqibat informatorlarimiz ular hududni minalashtirayotganini tasdiqladi”, — dedi manba.
Izoh (0)