BMT inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi Suriyaning Xon-Shayxun shahrida kimyoviy qurol ishlatilishida mamlakatning amaldagi hukumatini aybladi. Bu haqda xalqaro tashkilot rasmiy saytida chop etilgan hisobotda aytildi.
“Suriya harbiy-havo kuchlari Xon-Shayxunda zarin moddasidan foydalanib, 80 kishini o‘ldirdi, ularning ko‘pchiligi ayollar va bolalar edi. Shuningdek, yaqin atrofdagi tibbiy muassasalarga havodan zarba berdi. Bu kimyoviy hujum qurbonlariga yordam berish qobiliyatining jiddiy tushib ketishiga va buning oqibati o‘laroq tinch aholi o‘rtasida qurbonlarning ko‘payishiga olib keldi”, — deyiladi hisobotda.
Bundan tashqari, hisobotda aytilishicha, Idlibda, Xamada va Sharqiy Gutada Suriya qo‘shinlari jangovar xlordan foydalangan.
“Bu hujumlar xalqaro gumanitar huquq hamda kimyoviy qurol to‘g‘risidagi konvensiyaning yaqqol buzilishidir”, — xulosa qilinadi hujjatda.
Izoh (0)