Isroil milliy termasi sardori Eran Zaxavi jamoadan haydaldi. Bu haqda “Chempionat” Isroil matbuotiga asoslanib xabar berdi.
JCh—2018 saralashining 7-turida isroillik futbolchilar Makedoniyani qabul qilib, kutilmaganda 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Butun uchrashuv davomida mahalliy muxlislar isroillik futbolchilarga norozilik bildirib, hushtak chalib turdi.
Bundan g‘azablangan Eran Zaxavi sardorlik bog‘ichini yechib, uni otib yubordi. Mazkur holat ishqibozlarni yanada junbushga keltirdi va ular jamoa sardorini termadan chetlatishni talab qila boshladi. Isroil futbol assotsiatsiyasi esa muxlislar talabini qondirdi.
40 yildan buyon Jahon Chempionatiga chiqa olmaymiz. 40 yildan buyon oldinga intilish ko‘rinmaydi. Shunday bir paytda hushtaklarni eshitib, yuragim qinidan chiqib ketay dedi.Futbolchining o‘zi Instagram sahifasida chiqish qilib, terma jamoadagi karyerasini yakunlagani va milliy jamoada boshqa maydonga tushmasligi haqida aytib o‘tdi.Eran Zaxavi, Isroil termasining sobiq sardori
O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘zbekistonlik muxlis va jurnalistlarning shuncha norozilik va talabiga qaramay, hamon ishlashda davom etmoqda.
Izoh (0)