Internet tarmog‘ida “eng chiroyli jinoyatchi” aniqlandi. AQShning Shimoliy Karolina shtatida yashovchi 20 yoshli firibgar Mexi Alante Laki o‘zining terisi rangi va geteroxromalari bilan bu “unvon”ga sazovor bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Bu maqomga o‘zidan oldin sazovor bo‘lgan Jeremi Miks kabi Mexi Alante ham politsiya tomonidan internetda tarqatilgan suratlari tufayli mashhur bo‘lib ketdi. U 2016-yilning aprel oyida avtomobil o‘girlagani va unda tezlikni oshirgani uchun qo‘lga olingan.
U ikki ko‘zining rangi turlicha bo‘lgani sababli ommaning e’tiborini qozondi. Mexining suratlari juda tez tarqaldi va u bir nechta modelyerlik agentliklarining nazariga tushdi.
Izoh (0)