Qiruvchisi Iordaniya chegarasida avariyaga uchragan suriyalik uchuvchi Ali Xelu asirlikdan qaytdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, uchuvchi bilan birgalikda jangarilar 30 nafar harbiy xizmatchini ozod qilgan. Ular asirlar almashish kelishuvi asosida o‘z yurtiga qaytarilgan.
Suriya harbiy-havo kuchlari samolyoti as-Suvayda viloyatida 15-avgust kuni halokatga uchragan edi.
Izoh (0)