AQShda “Xarvi” tropik to‘foni oqibatida halok bo‘lganlar soni 47 kishiga yetdi. Bu haqda CNN telekanaliga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.
Avvalroq, halok bo‘lganlar soni 30 kishiga yetgani haqida xabar berilgandi. Keyinroq esa ularning soni 39 kishiga yetgani xabar qilindi.
Texas va Luiziananing ko‘plab hududlari suv ostida qolgan. Tabiiy ofat oqibatida o‘n minglab uylarga zarar yetgan. Ayni vaqtda vaqtinchalik yashash joylarida 50 mingdan ortiq kishi istiqomat qilmoqda.
Izoh (0)