Rossiyada 2018-yilgi prezident saylovlarida ayol nomzodlarni ilgari surish ehtimoli muhokama qilinmoqda. Bu haqda prezident ma’muriyatidagi manbalar ma’lum qildi, deya xabar beradi TJournal.
Ular orasida 5-7 kishi ko‘rilmoqda, biroq manbalardan biri hech qaysi partiya a’zosi bo‘lmagan ayol nomzodiga to‘xtalinganini bildirmoqda.
Ekspertlar Kseniya Sobchakni “ideal variant” deb atadi, chunki “u siyosatga kirishish istagida bo‘lgan zamonaviy yosh ayol timsolini namoyish etadi”. Shu bilan birga, teleboshlovchi “tipik rus ayoli”ga unchalik mos kelmasligi, saylovlarda ishtirok etishi ham gumon ekanligi ta’kidlanmoqda.
Boshqa ehtimoliy nomzodlar qatorida Rossiya ayollar sotsial-demokratik ittifoqi raisi Natalya Velikaya, Ota-onalar milliy qo‘mitasi yetakchisi Irina Volinets va “Spravedlivaya Rossiya” partiyasi markaziy kengashi a’zosi Irina Petelyayeva ham tilga olingan.
Ma’lumot uchun, Rossiyada oldinlari ham prezidentlik saylovlarida ayollar nomzodi qo‘yilgan. Xususan, 2000-yilda hozirda Markaziy saylov komissiyasi raisi bo‘lgan Ella Pamfilova, 2004-yilda esa siyosatchi Irina Xakamada ilgari surilgandi.
Izoh (0)