Politsiya Moskvada yirik biznesmen va sobiq senator Umar Jabroilovni hibsga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Biznesmen Jabroilov tunda shahar markazidagi mehmonxonada qo‘lga olindi”, — ma’lum qildi agentlikning huquq-tartibot idoralaridagi manbasi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Jabroilov mehmonxonada mukofot tariqasida berilgan to‘pponchadan shiftga qarata o‘q uzgan. U bezorilikda gumon qilinib, qo‘lga olindi va jinoiy ish qo‘zg‘aldi.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmadi.
Izoh (0)