AQSh moliya vazirligi IShID bosh g‘aznachisi Salim Mustafo Muhammad al-Mansurga nisbatan sanksiyalar joriy etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“Sanksiyalar natijasida al-Mansurning Amerika yurisdiksiyasidagi barcha moliyaviy vositalari va mol-mulki blokirovka qilinadi. AQSh vakillariga u bilan kelishuvlarda ishtirok etish taqiqlanadi”, — deyiladi xabarda.
Moliya vazirligi bu choralarni, jumladan, IShIDga qarshi kurash borasida Iroq hukumati bilan hamkorlik doirasida amalga oshirayotgani bildirilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)