Shimoliy Koreya rasmiylari 29-avgust, seshanba kuni o‘rta masofadagi “Xvason-12” ballistik raketasi sinovini o‘tkazganini rasman bildirdi. Bu haqda Yonhap ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
KCNA agentligiga ko‘ra, raketa parvozini KXDR yetakchisi Kim Chen In shaxsan nazorat qilgan.
Raketa Yaponiyaning shimoli-sharqiy qismidan uchib o‘tib, Xokkaydo orolidagi Erimo burnidan 1180 kilometr sharqda, Tinch okeaniga quladi.
Izoh (0)