O‘zbekiston adliya vaziri buyrug‘i bilan notariuslar tomonidan notarial harakatlar amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaga o‘zgarish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Mazkur hujjatga muvofiq, Toshkent shahri va Toshkent viloyatida ko‘chmas mulk xarid qilish bo‘yicha kelishuvlarni notarial rasmiylashtirish chog‘ida notariusga davlat tashkilotlaridan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilgan shaxslar (shunday huquqqa ega O‘zbekiston fuqarolari, xorij fuqarolari va fuqaroligi yo‘q shaxslar ro‘yxati asosida) 3 yil mobaynida lavozimida bo‘lgani haqida hujjat talab qilish majburiyati yuklandi.
Shu tariqa, lavozimida kamida 3 yil ishlaganlik yuqoridagi shaxslar tomonidan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida uy-joy xarid qilish shartiga aylandi. Oldin IIBning doimiy propiska mavjudligi haqidagi ma’lumotnomasi talab qilinar, notarius esa propiskaga qo‘yilganidan 3 yil o‘tganini tekshirardi (bu qoida hozir ham ko‘zda tutilgan).
Izoh (0)