Avstriya armiyasi zobiti Afg‘onistondagi harbiy bazada amerikalik harbiy xizmatchining tizzasiga o‘q uzdi. Bu haqda Avstriya mudofaa va sport vazirligi ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
Hodisa Kobulda 26-avgust, shanba kuni ro‘y berdi. Avstriya armiyasi mayori “Glok” xizmat to‘pponchasidan turar-joy konteynerida o‘q uzdi, o‘q devordan o‘tib, AQSh armiyasi harbiy xizmatchisini yaraladi.
Avstriya harbiylariga ko‘ra, gap tasodif haqida ketmoqda: zobit otish mashqlaridan so‘ng to‘pponchani o‘qdan xoli qilishni unutgan va unda patron qolgan bo‘lishi mumkin.
Askar jarohatini davolash uchun AQShga jo‘natildi. Avstriyalik zobit ham yaqin orada vataniga yuboriladi va bu yerda tekshiruv o‘tkazilib, unga nisbatan intizomiy chora ko‘riladi.
Izoh (0)