Afg‘oniston poytaxtidagi Imomi Zamon shia masjidiga uyushtirilgan hujum qurbonlari soni 30 kishidan oshdi, 80 kishi yaralandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Muqaddam hujum oqibatida 20 kishi o‘ldirilgani xabar qilingandi.
Ilgariroq ikki nafar jangari o‘ldirilgani aytilgan edi. Afg‘oniston IIV vakili Najib Donish jangarilardan biri masjid yaqinida o‘zini portlatib yuborganini ma’lum qildi.
Terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)