Afg‘oniston poytaxti Kobul shahridagi masjidga 25-avgust kuni uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 35 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda, Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib, Tolo News telekanali xabar berdi.
VIDEO: TOLOnews reporter Gulabuddin Ghubar reports from the #Kabul mosque attack scene: pic.twitter.com/lMpX9iSZQO
— TOLOnews (@TOLOnews) August 25, 2017
“TASS”ning xabariga ko‘ra, xavfsizlik kuchlari Kobuldagi masjidga hujumda qatnashgan barcha jangarilarni yo‘q qilgan. Tolo News’ning qo‘shimcha qilishicha, ikki tomon o‘rtasidagi to‘qnashuv besh soatga yaqin davom etgan.
Xabar berishlaricha, terakt uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi o‘z zimmasiga olgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)